FAQ
Yuk tashish xizmatlari
Ebayda sotib olingan tovar haqi qanday to'lanadi?

eBayda sotib olingan tovarlar haqi qanday to'lanadi? Mantiqan qaraganda buning uchun internetda sotib olingan tovar haqini to'lash imkonini beradigan plastik yoki virtual kartangiz bo'lishi kerak. Agar shunday kartangiz bo'lsa ishning yarmi bitgan hisobalanadi. Agar kartangiz O'zbekistondagi bankda berilgan bo'lsa eBayda olingan buyum haqini to'lashingiz mumkin. eBayda olingan buyum haqini PayPal bilan to'lash Bu usulning nimasi yaxshi? Yaxshi tomoni, siz haqingizdagi ma'lumotni ko'rsatmaydi. Xavfsizlik tizimi doim yangilanib turadi, xizmat bildiruv jo'natib foydalanuvchilarni bundan xabardor qiladi. Kartani ulash uchun oldin kartadan internetda xarid qilish ta'qiqi olinadi, so'ng, agar bankning shunday imkoniyati bo'lsa, sms olish va internet bankingga ulanish kerak. Bu usulning bitta yomon tomoni - so'mning dollarga kursini o'zi qanday "ko'rsa" shunday qo'yadi, shuning uchun so'mning karta bilan to'lasangiz bir dollarga bir necha so'mning qo'shib qo'yishi mumkin. eBayda olingan buyum haqini to'g'ri plastik yoki virtual karta bilan to'lash. Kurs bankingizdagi kursdan bir oz farq qiladi, lekin uncha ko'p bo'lmaydi. Bir qaraganda bu usul bilan to'lash oson ko'ringani bilan bir ikkita kamchiligi ham bor. Birinchidan sotuvchiga karta haqidagi ma'lumotni berasiz. Lekin agar sotuvchi huquqiy shaxs, ko'pchilikdan yaxshi fikr olgan brend bo'lsa buni o'ylamasa ham bo'ladi. Ko'pchilik sotuvchilar PayPal bilan ishlashni afzal ko'rishadi va buni do'kon va tovar haqidagi ma'lumotda yozishadi. Shuning uchun, bunday sotuvchidan nimadir olmoqchi bo'lsangiz PayPalga ulanishingiz kerak bo'ladi. To'lash usuli kamligi odamga yoqmaydi, albatta, lekin kam bo'lsa ham tanlash mumkinligiga shukur qilamiz. eBayda sotib olingan tovar puli qanday to'lanishi haqidagi maslahatlarimiz foydali bo'ldi, deb umid qilamiz.

Jo'natmam bojxonada "turib" qolgan bo'lsa nima qilishim kerak?

Bir marta bo'lsa ham AQSHdan tovar buyurtma qilganar O'zbekistonga keladigan tovarlar bojxonadan o'tishini bilishadi. Ko'pchilik bundan cho'chiydi, lekin buning qo'rqadigan joyi yo'q, faqat buyurtirilgan tovar ta'qiqlanmagan bo'lishi kerak :) Lekin agar jiddiy gapiradigan bo'lsak jo'natmangiz bojxonadan o'tishiga hotirjam qarashning bir qancha yo'lini aytishimiz mumkin. O'zbekiston qonunchiligiga ko'ra narxi (bir kalendar chorakdagi umumiy narxi) 1000 AQSH dollarigacha bo'lgan tovardan boj OLINMAYDI. Agar tovar narxi 1000 dollardan ko'p bo'lsa limitdan oshadigan summaning 15% miqdorida QQS to'laysiz, bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi qaysi mamkalatda ishlashi va tovarning xususiyatiga qarab olinishi mumkin. Bojxonada qiyinchilik bo'lmasligi uchun nima qilish kerak?

  • Tushunmovchilik bo'lmasligi uchun doim tovar narxini ko'rsatadigan cheklarni, skrinshotlarni ba boshqa dalillarni saqlab olib qo'ying. Masalan, biror qimmat narsa, deylik, 120 dollarlik planshet buyurtirgan bo'lsangiz bojxona xodimlari shubhalanishlari mumkin, chunki ular bu tovar qancha turishini bilishadi. Shunda planshetni aynan shu narxga sotib olganingizning dalilini ko'rsatib aldamayotganingizni isbotlaysiz.
  • Tovarni faqat jismoniy shaxs nomiga buyurtiring. Agar tovar huquqiy shaxs nomiga buyurtirilgan bo'lsa uni bojxonadan o'tkazishga munosabat boshqacha bo'ladi.
  • Ko'p bir xil tovar buyrtirmang. Ko'p degani – 6+. Ko'p bir xil tovarni tijorat yukini o'tkazishga harakat, deb tushunishlari mumkin. Tijorat yukiga munosabat esa umuman boshqacha bo'ladi. Mohiyatan olib qaraganda yuqorida aytilganlarning hammasi jo'natmangiz bojxonada turib qolishiga sabab bo'lishi mumkin.

Lekin agar qisqaroq aytadigan bo'lsak jo'natma quidagilar bois ham bojxonada to'xtab qolishi mumkin:

  • Bojxona limitining oshib ketishi (30 kg yoki 1000 dollardan ko'proq bo'lishi).
  • Ta'qiqlangan tovarlar topilishi.
  • Jismoniy shaxsga yuborilgan jo'natma ichidagi tovarning hammasi bir xil, shuning uchun tijorat yuki deb shubha qilinayapti.

Tovar narxi to'g'ri ko'rsatilganiga shubha bor. Agar jo'natmangiz bojxonada turib qolsa hecham vahima qilmang. Bu muammoni quyidagicha hal qilsa bo'ladi:

  • Agar tovar og'irligi limitdan ko'p bo'lsa boj to'lang.
  • Tovarning narxi aynan shuncha ekanini isbotlaydigan dalil ko'rsating. Agar tovarni bizning yordamimiz bilan buyurtirgan bo'lsangiz bojxona bilan muammoingiz kam bo'ladi.

Biz sizga faqat boj to'lash haqida chipta jo'natamiz. Lekin agar bojxona talab qilsa quyidagi hujjatlarni so'rashimiz ham mumkin:

  • Jo'natma oluvchining pasporti (skanerdan o'tkazilgan nusxasi).
  • Tovar narxini tasdiqlaydigan hujjat (invoys, skrinshot va hk.).
  • Qancha pul olingani haqidagi bank bergan ko'chirma. Ba'zan jo'natma bojxonada 10 kundan oshiq ham qolib ketishi mumkin, lekin bunday hollar faqat yuk ko'payib ketganda, masalan, bayram kunlari bo'ladi. Shunday bo'lganda ortiqcha tashvish qilmang, agar ichida ta'qiqlangan tovar bo'lmasa bojxonadagi yuk kamayishi bilan jo'natmangizni olasiz.
Amazondan xarid qilingan tovarni qanday kuzatish mumkin?

Jo'natma yo'qolib qolmasligi uchun xarid qilganingizdan keyin Amazon sizga beradigan treking raqamini ro'yxatdan o'tkazib qo'yishingizni so'raymiz. Nimagadir ko'pchilik buning o'rniga jo'natma qayerda ekanini bilish uchun foydasi bo'lmaydigan Order Number ni ro'yxatdan o'tkazadi. Shuning uchun hozir jo'natmani ro'yxatdan o'tkazganda ko'rsatilishi kerak bo'lgan Tracking Number qayerda bo'lishini tushuntiramiz. Birinchidan, buyurtmangiz jo'natilganidan keyin quyidagi tugma qo'yilgan xat olasiz. Agar xatda tugma bo'lmasa sichqon bilan bosiladigan Track Your package degan ko'k rangli yozuv keladi. Tugmani/Ishorani bossangiz Amazondagi profilingizga chiqasiz va u yerda yuqoridagi o'ng burchakda Tracking Number ni ko'rasiz. Ikkinchidan istagan vaqtda Your orders ga kirib jo'natilgan, lekin hali yetib kelmagan buyurtmalar ichida shunga o'xshagan tugmani yoki yozuvni topishingiz mumkin. Tracking код qanday bo'ladi? Kod faqat raqamdan iborat bo'lishi mumkin, masalan, 9400115901096293391994. Yoki ichida bitta yoki ikkita harf ham bo'lishi mumkin. Bunday bo'ladi: 1Z602AW60283834284. Mana shu raqamni bizning saytimizda ro'yxatdan o'tkazasiz. Tracking Number da defis yoki tire bo'lmaydi. Ko'rinishi 104-4272159-9711404 ga o'xshagan raqam Order Number bo'ladi. Iltimos, jo'natmani saytda ro'yxatdan o'tkazganda shunga e'tibor qiling!

Ebayda sotib olingan tovarni bekor qilish uchun nima qilish kerak?

Qiymalangan go'shtni orqaga qaytarib bo'lmaydi xolos, eBayda sotib olingan tovarni esa bekor qilsa bo'ladi. O'zingiz istamagan nimanidir tasodifan sotib olgan, lekin hali pulini to'lamagan bo'lsangiz nima qilish kerak? eBayda sotib olingan narsani bekor qilish uchun nima qilinadi? Afsuski eBayda xaridni avtomatik bekor qilish mumkin emas. Ya'ni, "Xarid bekor qilinsin" tugmasini bosib yengil nafas ololmaysiz. Mohiyatan, xaridni faqat sotuvchining o'zi bekor qilishi mumkin. Shuning uchun bu masalada faqat sotuvchiga murojat qilasiz. eBayda tuzilgan bitimni bekor qilish uchun oldin sotuvchining profiliga kirasiz (Purchase History dan kirish osonroq bo'ladi) va «Contact»ni bosasiz. Shunda sotuvchi bilan bog'lanish shakli ochiladi. U yerda qanday masalada murojat qilayotganingizni ham tanlash mumkin. Tovar raqamini yozasiz (tovar raqami xarid tarixida bo'ladi), tovar nomini kiritasiz va nima uchun xaridni bekor qilmoqchi ekaningizni sotuvchiga tushuntirasiz. Xarid bekor qilinishining sababi ishonarli bo'lishi kerak (ya'ni, "Endi olgim kelmayapti" deb bo'lmaydi) So'ng xabarni jo'nating. Qanchadir vaqtdan keyin sotuvchi sizga javob beradi yoki "Kelishmovchiliklarni hal qilish markazi"da sizga ish ochadi. Bu haqda pochtangizga xabar keladi. Xabar bilan kelgan ishoradan o'tib xarid bekor bo'lganini tasdiqlaysiz. Shundan so'ng hamma xaridingiz bekor bo'ladi. Yana bitta narsaga e'tibor bering, auksionda yutgan bo'lsangiz yoki Buy it now tizimida sotib olgan bo'lsangiz sotuvchi tovar haqini qancha vaqtda to'lashingiz mumkinligini yozib qo'yadi. Bu muddat bir kundan 7 kungacha bo'lishi mumkin. Agar pulini to'lab tovarni sotib olmoqchi bo'lmasangiz va buni sotuvchiga aytmasangiz sotuvchi pulini to'lamaganingiz uchun sizga "Strayk" ochadi. Uch marta strayk olsangiz keyin umuman eBayga kirishingizni ta'qiqlab qo'yishadi.

Ebayda sotib olingan tovar haqi qanday to'lanadi?

eBayda sotib olingan tovarlar haqi qanday to'lanadi? Mantiqan qaraganda buning uchun internetda sotib olingan tovar haqini to'lash imkonini beradigan plastik yoki virtual kartangiz bo'lishi kerak. Agar shunday kartangiz bo'lsa ishning yarmi bitgan hisobalanadi. Agar kartangiz Ukrainadagi bankda berilgan bo'lsa eBayda olingan buyum haqini to'lashingiz mumkin. eBayda olingan buyum haqini PayPal bilan to'lash Bu usulning nimasi yaxshi? Yaxshi tomoni, siz haqingizdagi ma'lumotni ko'rsatmaydi. Xavfsizlik tizimi doim yangilanib turadi, xizmat bildiruv jo'natib foydalanuvchilarni bundan xabardor qiladi. Kartani ulash uchun oldin kartadan internatda xarid qilish ta'qiqi olinadi, so'ng, agar bankning shunday imkoniyati bo'lsa, sms olish va internet bankingga ulanish kerak. Bu usulning bitta yomon tomoni - grivnaning dollarga kursini o'zi qanday "ko'rsa" shunday qo'yadi, shuning uchun grivnali karta bilan to'lasangiz bir dollarga bir necha grivna qo'shib qo'yishi mumkin. eBayda olingan buyum haqini to'g'ri plastik yoki virtual karta bilan to'lash. Kurs bankingizdagi kursdan bir oz farq qiladi, lekin uncha ko'p bo'lmaydi. Bir qaraganda bu usul bilan to'lash oson ko'ringani bilan bir ikkita kamchiligi ham bor. Birinchidan sotuvchiga karta haqidagi ma'lumotni berasiz. Lekin agar sotuvchi huquqiy shaxs, ko'pchilikdan yaxshi fikr olgan brend bo'lsa buni o'ylamasa ham bo'ladi. Ko'pchilik sotuvchilar PayPal bilan ishlashni afzal ko'rishadi va buni do'kon va tovar haqidagi ma'lumotda yozishadi. Shuning uchun, bunday sotuvchidan nimadir olmoqchi bo'lsangiz PayPalga ulanishingiz kerak bo'ladi. To'lash usuli kamligi odamga yoqmaydi, albatta, lekin kam bo'lsa ham tanlash mumkinligiga shukur qilamiz. eBayda sotib olingan tovar puli qanday to'lanishi haqidagi maslahatlarimiz foydali bo'ldi, deb umid qilamiz.

Arzon narx kuponlaridan qanday foydalaniladi?

Amerikadagi onlayn do'konlarga kirganingizda vaqtingizni ancha tejaydigan saytlar ro'yxati. Bu yerda narxni arzon qiladigan kuponlar, qayerda arzon tovar sotilayotgani, aksiya o'tkazilayotgani haqida va shunga o'xshagan boshqa ma'lumot olishingiz mumkin. Do'konda olinga tovar haqini to'lashdan oldin shu saytlarning bitttasiga (yoki hammasiga) qarab ko'ring. Saytga kirib narxni tushiradigan kupon topishingiz mumkin. Kupon kod ko'pincha harflar bilan raqamlardan iborat bo'ladi: WELUVU20, yoki: VIP. Buyurtmani rasmiylashtirganda shu kodni alohida katakka yozasiz. Kod kiritilganidan so'ng tovar narxi shartida ko'rsatilgan foizga yoki dollarga kamayadi. Pulni tejash odamni xursand qiladi, albatta! Xaridingiz yaxshi bo'lsin! http://www.retailmenot.com/ Narxni tushiradigan kuponlardan tashqari bepul yetkazib beradigan kuponlar ham toplsa bo'ladigan eng katta va to'liq ma'lumot berilgan sayt hisoblanadi. AQSHdagi turli onlayn do'konlardagi talbirlar haqidagi ma'lumot, maslahat va eng qiziq arzon savdo bo'layotgan joylarga ishora beriladi. http://www.fatwallet.com/ Turli tovarlarni – xushbo'y shamdan tortib uy kinoteatrigacha arzon narxga olish imkonini beradigan kuponlar. http://www.couponcabin.com/ Kattalar va bolalar kiyimi do'konlari, aksessuarlar, pardoz buyumlari va ko'pdan-ko'p boshqa yaxshi narsalar narxi tushirilgan do'konlarga ishora beradi. http://www.ebates.com/ Bu saytdagi ishoradan o'tib tovar haqi to'langan pulning bir qismini qaytarib olishingiz mumkin. 1 foizdan 12 foizgacha to'langan pul qaytariladi. http://www.coolsavings.com Tovar va xizmatlarga kupon beriladi, ko'pincha topish qiyin bo'lgan tovarlar unikal arzon narx bilan sotiladi.

Ebayda stavka qanday bekor qilinadi?

eBayda bo'ladigan auksionlarda qatnashganingizda qo'yilgan pul bekor qilinmasligiga rozi bo'lganingizni bildirasiz. Lekin inson omili, degan qiziq bir narsa bor, lekin, baxtingizga eBay jamoasi bunday hollarda nima qilish kerakligini belgilab qo'ygan. Qachon eBayda qo'yilgan pulni bekor qilish mumkin? Adashgan bo'lishingiz mumkin. Masalan, 10 dollar pul qo'ymoqchi bo'lgansiz, lekin adashib 100 dollar qo'ygansiz. Tovar haqidagi ma'lumot o'zgargan. Masalan, qizil siynaband olmoqchi bo'lgansiz, lekin tovar rangi qora ekan. Agar sotuvchi xabarga yoki e-mail bilan jo'natilgan xatga javob bermayotgan bo'lsa, istalgan bir usul bilan. eBayga qo'yilgan pul qanday qilib bekor qilinadi? Buning uchun Bid Retraction form degan maxsus shakl bor, eBayga qo'yilgan pulni bekor qilish uchun shu shaklni to'lidrasiz. Chiqqan menyuda nima uchun bunday qilganingizni tanlashingiz mumkin. Yana bitta yo'li, agar birorta ham sabab to'g'ri kelmasa lekin eBayga qo'yilgan pulni qaytarib olish kerak bo'lsa sotuvchiga yozib yuboring. Sotuvchi xohlagan vaqtida pul qo'yilishini bekor qilishi mumkin. Lekin sotuvchi bunday qilmasligi yoki auksion tugaguncha siz jo'natgan xatni kor'masligi mumkin. Vaqt cheklangan bo'ladi Qoyilgan pulni auksion tugashidan kamida 12 soat oldin bekor qilish mumkin. Shunda lotga qo'ygan pulingizning hammasi bekor qilinadi. Shuning uchun tovarga yangidan pul qo'yish esingizdan chiqmasin. Savdo tugashiga 12 soatdan kam vaqt qolganda pul qo'ygan bo'lsangiz uni faqat bir soat ichida bekor qilishingiz mumkin. Bunday bo'lganda faqat oxirgi qo'yilgan pul bekor qilinadi.

Zappos va 6pm'dan tovar sotib olish uchun nima qilish kerak?

Zappos.com va 6pm.com da olingan tovar pulini faqat kartadan to'lash mumkin. Bu do'kon faqat AQSHda ro'yxatdan o'tgan akkauntlardan PayPal oladi. Agar bu do'konda biror narsa oladigan bo'lsangiz Your Payment Information bo'limida to'lov kartangizga bog'langan o'zingiz haqingizdagi ma'lumotni ko'rsating. 6pm da so'ralgan ma'lumotni to'ldirish uchun bunday qilasiz: Full name - ismingiz, familiyangiz Address - manzilingiz, agar bitta qatorga sig'masa ikkinchi qatorga yozsa bo'ladi City - shahar State - viloyat Zip - pochta indeksi Chiqqan davlatlarning ichidan davlatni tanlaysiz (Uzbekistan) Phone number - davlat kodini ko'rsatib telefon raqamini yozasiz. Zappos da esa ma'lumot quyidagicha to'ldiriladi: birinchi qatordagi Billing Adress da manzilingizni yozasiz (ko'cha, uy, xonadon) Ikkinchi qatordagi Billing Address Continued da shahringiz, viloyatingiz va pochta indeksini yozasiz. City qatorida o'zingiz yashaydigan MAMLAKATni yozasiz. State qatorida AA deb yozing. Zip (pochta indeksi) qatorida Zappos.com va 6pm uchun 11111 deb yozing. Phone Number qatorida siz bilan bog'lanadigan telefon raqamini ko'rsatasiz. Do'kon bu formatni tovar haqini xalqaro to'lov kartasi bilan to'laydigan xaridorlar uchun qabul qilgan (Zappos.com va 6pm.com ga ishora). Your Shipping Address - bu yerga tovar jo'natiladigan manzilni yozasiz (boxette.uz da ro'yxatdan o'tganingizdan keyin bu manzil sizga bepul beriladi). Buyurtma berganingizdan keyin ba'zan do'kon ma'muriyati kartangiz old tomonidan nusxa olib jo'natishni so'rashi mumkin. Bundan cho'chimang, bu do'konning tartibi, xolos.

Ebayda tovar qanday sotib olinadi?

Dunyodagi eng katta onlayn auksion bo'lgan eBay haqida undan hech narda buyurtirib olmagan odamlar ham eshitgan bo'lishi kerak. Buni tushunsa bo'ladi, chunki nafaqat Ukrainada, balku butun dunyoda birorta ham offlayn do'kon shuncha ko'p va xilma-xil tovar taklif etolmaydi. eBayda nima sotib olish mumkin? eBayda odam telefon g'ilofidan boshlab avtomobilgacha istagan narsasini sotib olishi mumkin. Ko'p sotuvchilar tovarlarini to'g'ri Ukrainaga jo'natishadi, lekin hammamiz bilamiz, tovarlarning eng "maza tomoni" - arzon narxlar, yangi tovarlar, rasmiy kafolatlar va hk. ko'proq AQSH aholisiga beriladi, Ukrainalik sotuvchilarga esa amal qilmaydi. Biz oldin EasyXpressda ro'yxatdan o'tganda sizga beriladigan Amerikadagi manzilni ko'rsatib ro'yxatdan o'tishni maslahat beramiz, keyin do'konlarni ko'rib chiqing, eBayda biror oddiyroq va arzonroq narsa sotib oling, ya'ni xizmat qanday ishlashini sinab ko'ring.
eBayda birinchi marta nima olish mumkin? Quloqchin, telefonga g'ilof, kitob, disk, qo'lqop, ya'ni, ko'pi bilan 10 dollar turadigan narsa olsa boladi. Ko'pincha sotuvchilar olingan tovarni AQSH ichida bepul olib borib berishadi. Og'irligi 300 grammgacha bo'lgan tovarni AQSHdan Ukrainaga olib kelishga bor-yo'g'i 3,6 dollar to'laysiz. Shuning uchun, agar eBaydan birinchi marta nimadir olsangiz ko'pi bilan 10-15 dollar to'laysiz. Tovar AQSHdagi onborga tushgan kundan boshlab Kiyevdagi ofisga kelguncha o'rtacha 8-10 kun o'tadi. Xizmat qanday ishlashini sinab ko'rganingizdan keyin eBayda nimadir sotib olish juda oson ekanini o'zingiz ham bilib olasiz. Agar biror savo chiqib qolsa bizga telefon qilib so'rang, iloji boricha yordam berishga harakat qilamiz.

Victoria's Secret saytida manzilimni to'g'ri ko'rsatish uchun nima qilishim kerak?

Agar Victoria's Secret ich kiyimini orzu qilgan bo'lsangiz xaridni keyinga qoldirmagan yaxshi. Lekin, iltimos, oldin brend saytida manzilni to'g'ri ko'rsatishni bilib oling. Pastda buning uchun nima qilish kerakligi yozilgan. Bitta narsaga e'tibor qiling, bu yerda profilingizda ko'rsatilgandan boshqa ma'lumot kiritilishi kerak. Business / CO satrida CO Boxette ni va saytdagi xonangiz raqamini (5 ta raqamni) ko'rsating, keyingi satrda esa Profilingizdagi Adress Line 1 satrida yozilganlarni ko'rsatasiz. Bundan tashqari, orasiga chiziq qo'ymasdan va oldiga qo'shuv belgisini yozmay telefon raqamingizni ko'rsating. Agar xarid qilmoqchi bo'lsangiz yoki oldin buyurtigan bo'lsangiz, iltimos, shu do'kondagi o'zingiz haqingizdagi ma'lumotni to'ldirib qo'ying. Shunda jo'natmangizni topishimiz osonroq bo'ladi! Agar siz haqingizdagi ma'lumot to'liq bo'lmasa va'da qilingan vaqtda tovar yetkazilishiga kafolat berolmaymiz :(

Ebayda tovarni topish uchun nima qilish kerak?

eBayda million xil tovar sotiladi. Bir qaraganda o'zingizga kerak narsani topishning iloji yo'qdek ko'rinadi. Lekin eBayda tovar izlashning sizga foydali bo'ladigan ikkita qoidasi bor. Birinchi qoida – nima kerakligini aniq biling, nima olmoqchisiz, shu aniq bo'lsin. Agar nima kerakligini aniq bilmasangiz eBayda nimadir topishga harakat qilish huddi labirintda adashib yurganga o'xshab qoladi. Ikkichi qoida – narxi qancha bo'lishi kerakligini biling. Aniqladingizmi? Endi eBayga kirib istagan narsangizni qidirsangiz bo'ladi. Agar ingliz tilini uncha yaxshi bilmasangiz so'rovingizni onlayn tarjimjonda tarjima qiling. eBayda tovar izlash tartibi juda oson - nima kerakligini so'rang, siz so'ragan tovar cheksiz oqib keladi. Lekin iloji boricha so'rovingiz aniq bo'lsin.
Masalan, iPhone izlayotgan bo'lsangiz yangi iPhone 5s deb qidirish kerak, yo'qsa faqat iPhone deb izlasangiz hamma telefon modellaridan tashqari ularga qo'shib beriladigan aksessuarlar, g'iloflar, kabellar, berkitib turadigan plyonkalar va boshqa narsalar ro'yxati ham chiqib keladi. Shuning uchun, chapdagi menyuda quyidagilarni ko'rsatib ro'yxatni iloji boricha kamaytiring. - Faqat auksionda yoki faqat "Birdan sotib olishga" - Tovar toifasi (iPhone izlaganda Cell Phones & Smartphones deb qidirasiz) - Texnik xususiyati (yangi, ishlatilgan, ehtiyot qismga va hk.) - Narxi (iloji boricha kam yoki ko'p) - Yetkazib berish (pulli yoki pepul) va hk. Hamma opsiyaga belgi qo'yib chiqqaningizdan keyin qidirganda chiqadigan ro'yxat kamayadi va sizga kerak bo'ladigan tovar ko'rsatiladi, sahifani tez varaqlab o'zingiz xohlaganingizni tanlab olasiz. Har hil tovarga tanlanadigan opsiya har xil bo'lishi mumkin (rangi, poyabzal va kiyim rangi yoki o'lchami va hk.). Shu misolga qarab eBayda tovar qanday izlanishini tushunib olishingiz mumkin.

Ebaydagi sotuvchining ishonchliligini qanday bilish mumkin?

Ebay do'konining boshqalarga o'xshamagan tomoni shundaki u yerda sotuvchi brend (huquqiy shaxs) ham, chordog'ida eski lash-lush topib uni sotmoqchi bo'lgan oddiy odam ham bo'lishi mumkin. Shuning uchun, doim qalloblarning qarmog'iga ilinish xavfi bo'ladi. Ebayda xaridorni aldashning har xil yo'li bor. Eng ko'p bo'ladigan qalloblikning bittasi:

  • Tovar haqini to'lagandan keyin uni sizga yuborishmaydi.
  • Aytilganiga o'xshamagan tovar olasiz (masalan, yangi telefon o'rniga ishlatilgan telefon keladi), tovar sifati yomon bo'ladi yoki tovar solinmagan bo'sh quti keladi.
  • Qalbaki tovar sotiladi (2000 dollar turadigan Shanel sumkasining o'rniga qalbaki ekani aniq ko'rinib turgan, narxi 20 dollardan oshmaydigan sumka keladi).

Shuning uchun, tabiiy, eBaydagi sotuvchini qanday tekrishirish mumkin, degan savol paydo bo'ladi. eBay xavfsizlik masalasiga juda jiddiy qaraydi. Shungi uchun xaridorlarlarning o'zlari eBaydagi sotuvchilar reytingini tuzishadi. Birinchi navbatda nimaga qarash kerak? - Sotuvchi ro'yxatdan o'tgan kunga qarang. Iloji boricha royxatdan o'tganiga kamida ikki yil bo'lsin. Reytingi baland sotuvchi to'g'ri ishlaydigan bo'ladi. - Sotuvchi haqida yaxshi fikr qancha va yomon fikr qanchaligiga qarang. Reytingi 99 dan 100 foizgacha bo'lgan sotuvchi eng yaxshi sotuvchi bo'ladi. Lekin agar yomon fikrlar bo'lsa yomon fikrlar qachon yozilganiga qarang. Agar yaqinda yozilgan bo'lsa bunday sotuvchidan tovar olmagan yaxshi. - Xaridorlarning fikrini o'qing. Agar ingliz tilini yaxshi tushunmasangiz onlayn tarjimondan foydalaning. Agar yomon fikr kam yoki bitta bo'lsa xaridor injiqlik qilgan bo'lishi mumkin, bunday holalr bo'lib turadi. - Sotuvchining batafsil reytingigi qarang (yulduz qo'yilgan bo'ladi). Xaridor yulduz qo'yib eBaydagi sotuvchi reytingiga baho berishi mumkin – Olingan tovarning yozilgan tavsifiga to'g'ri kelishi, Umumlashtirish (sotuvchi savolingizga tez javob berdimi, agar savor so'ragan bo'lsangiz), Yetkazib berish vaqti, Yetkazib berish narxi va qutining narxi, Xarid qilganingizdan keyin sotuvchi ham sizga baho beradi. Reyting qo'yishga shoshilmang. eBayda reyting qo'yish uchun oldin tovar kelishini kutib turing.

Amazonda qanday ro'yxatdan o'tiladi?

Amazonda xaridor bo'lish uchun 10-15 daqiqa vaqtingizni berib bepul ro'yxatdan o'tasiz. Ro'yxatdan o'tsangiz onlayn usul bilan Amerikadan minglab har xil tovar sotib olishngiz mumkin bo'ladi. Agar Amerikada kiyim, kitob, o'yinchoqlar, musiqa yozilgan disklar va albatta, elektron kitoblar olishni istasangiz shu yerga keling. Amazonning AQSHdan boshqa davlatlarda ham ko'pdan-kop bo'limlari bor, agar biror tasodif bo'lib shunday davlatlardan bittasida ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz Amerikda ishlaydigan bo'limga chiqish imkonini beradigan login va yashrin so'zdan foydalanishigniz mumkin bo'ladi. Amazonning Amerikadagi filialida xaridorlar ayniqso ko'p bo'ladi. Unda ro'yxatdan o'tish juda oson - birinchi bosqichda sizdan faqat e-mail manzil so'raladi. Ro'yxatga olish shakli ingliz tilida (lotin harflari bilan) to'ldiriladi. Oldin saytning bosh sahifasiga o'ting. Bosh sahifaning yuqoridagi o'ng burchagida «Your Account» ni tanlang, ochilgan menyudagi «New customer?» bandida «Start Here»ni bosing. Ro'yxatga olish shakli chiqadi. Shaklda Your name - ismingiz Email Password - yashirin so'zni Password again - yana yashirin so'zni yozasiz. Shundan so'ng Create your Amazon account - Amazonda akkaunt oching tugmasini bosing. Shu bilan ro'yxatdan o'tishning birinchi bosqichi tugaydi.
Endi bosh sahifaga kelasiz va bu yerda o'zingizning xonangizga kirasiz. Xonada manzilingizni kiritasiz. Settings - Sozlash bo'limini toping va Add new adress – Yangi manzil qo'shishga o'ting. Bu yerda siz asosiy manzil qilib boxette.uz da ro'yxatdan o'tganda ko'rsatgan manzilni ko'rsatishingiz kerak. Endi faqat kartangiz haqidagi ma'lumotni qo'shish qoldi. Buning uchun yana akkauntingizga o'ting, e yerda Manage Payment options ichki bo'limini toping. Ochilgan sahifada Add Credit/debit card ni tanlang. Keyingi sahifada sizdan billing manzilini kiritisishingiz kerakligini so'rashadi. Yoki tovar olib kelinadigan manzil qilib ko'rsatgan manzilni ham tanlasangiz bo'ladi. Amaliyotdan bilamiz, unisi ham, bunisi ham birdek ishlaydi. Agar О'zbek manzilni ko'rsatmoqchi bo'lsangiz uni lotin harflari bilan yozasiz. Ma'lumot saqlangandan keyin xarid qilishingiz mumkin. Xaridingiz yaxshi bo'lsin!

Ebayda qanday ro'yxatdan o'tiladi?

Ebay - dunyodagi eng katta auksion sayt sanaladi. Undagi xilma-xil tovarlar ko'pchilikka yoqadi, lekin ebayda har doim ham O'zbekistonga tovar yetkazish xizmati bo'lmaydi, chunki pochtamizda muammolar borligi uchun ko'pchilik sotuvchilar O'zbekistonga e'tibor qilishmaydi. Bundan tashqari, aynan shu muammo tufayli ham ebay ebay Uzbekistan bo'limini tuzishga shoshilayotgani yo'q, shu bois, bu ulkan Internet do'konda ko'proq tovar olishga imkoningiz bo'lishi uchun saytimizda ro'yxatdan o'tganda Amerika manzilini olishingiz kerak. Ebayda ro'yxatga olish shakli ingliz tilida (lotin harflari bilan) to'ldiriladi, Amerika manzilini olish uchun esa oldin boxette.uz saytida ro'yxatdan o'tazis. Ro'yxatdan o'tishni boshlash uchun ebay.com bosh sahifasiga o'ting. Sahifa yangi oynada ochiladi. Ro'yxatdan o'tingda shu sahifani shpargalka sifatida ishlating. ebay.com saytining bosh sahifasi yuqoridagi chap burchagida «Sign in or register» yozuvini toping, so'ng «register» tugmasini bosing va ro'yxatga olish shakli chiqadigan keyingi sahifa to'liq yuklanishini kutib turing. O'zingiz haqingizda minimal ma'lumot berib sodda ro'yxatga olish shaklini to'ldiring. Satrlarning hammasi lotin harflarida (ingliz tilida) to'ldirilishi SHART. Shakldagi satrlarning hammasi to'ldirilishi shart. Agar huquqiy shaxs akkauntini ro'yxatdan o'tkazmoqchi bo'lsangiz «start a business account» tugmasini bosing. Email address — e-mail manzilingizni yozing ikki marta qo'lda yozib to'ldiring, ko'chirib olib qo'yish mumkin emas. Ismingiz va familiyangizni EZX prefiksi bilan yozing. Password — yashirin so'zni yozing (kamida 6 ta belgi lotin harflari va turli registrdagi raqamlar bilan yoziladi). Oddiy yashirin so'z ishlatmang, eBaydan yozilgan xatga "juda o'xshaydigan" xat olsangiz ham hech qachon hech kimga yashirin so'zni aytmang. eBay auksioni nomidan qalbaki xat yozadigan qalloblar bo'ladi. «Register» tugmasini bosib ro'yxatdan o'tganingizni tasdiqlang va foydalanuvchi kelishuviga (qoidalarga) hamda sir saqlash siyosatiga rozilik bering.
So'ng eBay sizga ID taklif qiladi yoki uni o'zi chiqaradi. Agar uzun IDni yoqtirmasangiz uni o'zgartirishingiz mumkin. Shu bilan asosiy ro'yxatga olish tugaydi. Siz biror-bir istisnosiz auksiondagi hamma tovarni, sotuvchilarni, do'konlarni (eBay Stores) va boshqa narsalarni ko'rib chiqishingiz mumkin. Lekin pul qo'yish va tovar sotib olish uchun yashaydigan joyingiz va (sotib olingan) tovar yetkazib beriladigan kamida bitta manzilni ko'rsatib saytdagi profilingizni oxirigacha to'ldirishingiz kerak. Yashaydigan joyingiz va tovar yetkazib beriladigan manzilni kiritish uchun «My eBay»dagi "xonangiz"ga kirasiz. Buning uchun o'zingizni tanitib eBayga kirasiz, so'ng kerakli betga o'tasiz va «Summary» tugmasini bosasiz. Endi «Account» betidagi «Addresses» (manzillar) bandini tanlang. Oldin «Registration Address»ni, ya'ni yashaydigan joyingizni (kerak bo'lganda hujjat ko'rsatib tasdiqlaydigan manzilingizni) qo'shasiz. Bundan tashqari «Primary Shipping Address» — sotuvchi sotib olingan tovarni olib boradigan manzilni qo'shasiz. Tovar olinadigan manzil bir nechta va har xil davlatda bo'lishi mumkin. Manzil krititiladigan shaklning ko'rinishi quyidagicha bo'ladi (faqat lotin harflari bilan ingliz tilida yoziladi). Boxette mijozlari uni quyidagicha to'ldirishayapti. Esingizdan chiqmasin, xona raqami sizniki - saytdagi profilingizda bo'lishi kerak. Manzil yozilganidan so'ng kimligingizni tasdiqlash uchun to'lov kartasi raqamini so'rashi mumkin. Kimni tekshirish kerakligini tizimning o'zi belgilaydi. Karta old tomonidagi raqamni yozing, so'ng amal qiladigan muddatini tanlang va Card Identification Number — karta orqasidagi oxirgi echta raqamni ko'rsating. «Cardholder Information» ustunidagi ma'lumotga qarang, bu ustunda ro'yxatga olingan vaqtingizda o'zingiz yozgan ma'lumot bo'ladi, agar ma'lumot karta rasmiylashtirilganda ko'rsatilgan ma'lumotga to'g'ri kelmasa «change» tugmasini bosib uni o'zgartiring. Kartada bir dollarga teng miqdordagi pul blokirovka qilinadi, so'ng blokirovka ochiladi.
Endi eBayning istalgan bo'limida xohlagan narsangizni xarid qilish uchun akkauntingizga PayPal hisobini (agar bo'lsa) bog'lash qoladi. PayPal — auksionda eng ko'p ishlatiladigan to'lov usuli hisoblanadi, bitirmlarning ko'pi PayPal bilan to'lanadi. Endi o'sha sahifaning o'zida, «My eBay»dagi «Account» betida «Paypal Account»ni tanlaysiz. Agar PayPalda akkauntingiz bo'lmasa «Sign up» tugmasini bosing (chapda turadi), agar akkauntingiz bo'lsa eBay bilan PayPal akkauntlarni bir-birga bog'lash uchun o'ngdagi tugmani bosing va rekvizitlarni kiriting (PayPalda ro'yxatdan o'tganda ishlatilgan e-mail manzilga o'xshaydi). Karta bog'lab qo'yilganidan so'ng saytda xarid qilishingiz mumkin, boxette.uz ga berga manzilingizga esa siz sotib olgan tovar yetkazib beriladi. Xaridingiz yaxshi bo'lsin!

PayPalda ro'yxatdan o'tish uchun nima qilishim kerak?

Sotib olingan tovar haqini kartadan boshqa usul bilan ham to'lash imkoni bo'lishi uchun Paypalda qanday qilib to'g'ri ro'yxatdan o'tish kerak? Batafsil yo'riq. PayPalda ro'yxatdan o'tish, to'lov jo'natish bepul. Saytda ro'yxatdan o'tish uchu sizga ikkita narsa kerak bo'ladi:

  • ishlaydigan e-mail, iloji boricha amerikaniki bo'lsin (gmail.com, yahoo.com).
  • musbat balansli to'lov kartasi.

PayPalda ro'yxatdan o'tish uchun oldin PayPal.com saytiga kiring va Ro'yxatdan o'tish tugmasini bosing. Shundan keyin ochilgan sahifada tizim sizdan mamlakatingizni tanlang deb so'raydi (mamlakatni to'g'ri ko'rsating), so'ng e-mail manzilingizni ko'rsatasiz va yashirin so'z tanlaysiz. So'ng boshqa sahifa ochiladi, unda o'zingiz haqingizdagi ma'lumotni kiritasiz. Shakl juda sodda, uni to'ldirishga qiynalmaysiz. Hamma bandni to'ldirishingiz shart. Ismingiz, familiyangiz va tug'ilgan kuningizni kk/oo/yy formatida yozasiz, fuqaroligingizni ko'rsating, uy manzilingizni yozing. So'ng shahar, viloyat, indeks va telefon raqami satrlari to'ldiriladi. Sundan keyin xizmatdan foydalanish shartlariga rozi ekaningizni bildirib belgi qo'yasiz.
Keyingi sahifada PayPal bilan ishlaganda foydalaniladigan to'lov kartangiz rekvizitlarini kiritish so'raladi. Agar kartangizda ozgina bo'lsa ham pul bo'lmasa pul tushgunchda ro'yxatdan ot'may turganingiz yaxshi, chunki PayPal hisobingizdagi pulning 1 dollarini blokirovka qilib kartangizni tekshrilomaydi. Kredit karta raqami — to'lov kartangiz old tomoniga yozilgan raqamni kiriting. Raqamlar orasi ochiq qolmasin. Xizmatning o'zi karta turini topadi. Amal qiladigan muddati tugaydigan vaqt — «Expiration Date» — karta amal qiladigan muddat. Odatda kartaning oldiga yoziladi. CSC — tasdiqlaydigan kod (yana bitta nomi CVV2). Bu kartaning orqasidagi oxirgi 3 ta raqam. Agar kartaning raqami bo'lmasa bankingiz bilan bog'laning. Endi ro'yxatdan o'tishni tugatish uchun Add Card "Karta qo'shish" tugmasini bosing.
Karta tasdiqlansa yoki hatto rad etilgan bo'lsa ham sizdan quyidagilarni bajarish so'raladi: ro'yxatga olish shaklida ko'rsatilgan e-mail manzilingizni tasdiqlaysiz. Ro'yxatdan o'tganda ko'rsatgan elektron pochtangizdagi kelayotgan xatlar qutisini qarab ko'ring, "PayPaldagi hisobingizni ishga tushiring" deb mavzu qo'yilgan PayPaldan kelgan xatni toping va undagi "Hisobingizni ishga tushirish uchun shuni bosing" degan ishorani bosing, shunda PayPal saytiga o'tasiz va u yerda tasdiqlash uchun ro'yxatdan o'tganda o'zingiz tanlagan yashirin so'zni kiritishingiz kerak bo'ladi. Agar sichqon tugmasi bosilganda ishora ishlamasa PayPaldagi akkauntingizga kiring va "Vazifalar ro'yxati" betida "Elektron manzilni tasdiqlash"ni tanlang.
So'ng keyingi sahifadagi "2-qadam"da "Agar bu tugma elektron xat tanasida bo'lsa shu ishorani bosing"ni tanlang va olgan xatingizdagi raqamli kodni (confirmation number) kiriting. Agar xat olmagan bo'lsangiz akkauntingizda yana bir marta ishga tushirish kodini so'rashingiz mumkin. Kartani tasdiqlash ancha sodda o'tadi. Kartangizdan $1.95 olinadi (bu pul keyin yana kartaga qaytariladi yoki balansga keladi). Shundan so'ng karta bilan bajarilgan operatsiyalar ko'chirmasi ro'yxatida 4 ta raqamli kodni topasiz. Bu kod taxminan quyidagicha bo'ladi, "1234PayPal — *EXPUSE", birinchi 4 ta son kod bo'ladi, siz shu kodni PayPal saytida kiritishingiz kerak. Bu kodni internet-bankingdan, bankning yordam xizmatiga telefon qilib, karta bilan bajarilgan operatsiyalar ko'chirmasini olib yoki agar telefoningiz sms bankingga ulangan bo'lsa bankdan SMS olib bilishingiz mumkin. Karta tasdiqlanganidan so'ng PayPaldan to'lov oladigan saytlarda, masalan, Ebayda istatan narsangizni xarid qilishingiz mumkin.

Amerikadagi Internet do'kondan olingan tovar haqini qaysi bank kartasi bilan to'lasa bo'ladi?

Amerikadagi Internet do'konda tovar haqini to'lash uchun egasining nomi yozilib ochilgan VISA yoki MasterCard bank kartasini rasmiylashtirgan yaxshi, so'mda bo'ladimi yoki valyutadami, farqi yo'q. Agar kartani ochgan bankda shunday xizmat taklif etiladigan bo'lsa ekspertlarimiz chip qo'yilgan karta tanlashni tavsiya qilishadi. Bundan tashqari, bunday hisob kitoblar uchun alohida karta tutishni va unda faqat xarid qilishga mo'ljallangan pul saqlashni tavsiya qilamiz.

Boxette xizmatlari uchun to'lovni qanday amalga oshirsam bo'ladi?

Xizmat haqini shaxsiy kabinetingizda yoki bizning ofisda Payme yoki Click onlayn to'lov orqali to'lashingiz mumkin. Yetkazib berish xizmati haqini kuryerlik xizmatiga naql pul bialn to'laysiz

Tovarni sotib olish va yetkazib berish narxiga yana qanday xarajatlar qo'shiladi?

Xaridingizning umumiy narxi qudyidagicha bo'ladi:

  1. Siz o'zingiz tanlaydigan tovarning narxi.
  2. AQSH ichida olib borib berish narxi, agar bo'lsa (sotuvchidan bizning onborimizgacha).
  3. Tovaringizni AQSHdan O'zbekistonga (Toshkentga) olib borish narxi.
  4. Agar yangi jo'natmani ro'yxatga olganda tanlangan bo'lsa kafolat narxi ham qo'shiladi.
  5. Bojxona xizmati haqi, agar zarur bo'lsa (O'zbekiston Bojxona Kodeksiga muvofiq).
  6. Tovaringizni O'zbekiston ichida olib borish narxi (kuryer kompaniya olib borib beradi).
Sotib olish xizmatidan foydalanganda promokodni qo'llash imkoniyati bormi?

Ha. Promokod sizning akkauntingizga yoki elektron pochtangizga bog'langan bo'lmasligi kerak. Birinchi buyurtmaga qo'llanadigan promokodni ishlatib bo'lmaydi, chunki sotib olish faqat bizning akkauntdan bo'ladi. AQSHdan O'zbekistonga jo'natilgan buyurtmaning faqat oxirgi narxi deklaratsiya qilinadi, ya'ni qancha arzon qilingan bo'lsa shunchasi chiqarib tashlanadi, lekin AQSHning ichida yetkazib berish narxi qo'shiladi.

To'lov qachon va qanday amalga oshiriladi?

To'lov O'zbekiston bankining kartasiga tushadi, talabga qarab boshqa to'lov tizimlari ham qo'llanishi mumkin. Puli to'lanmagan buyurtmani O'zbekistonga jo'natolmaymiz. Jo'natma AQSHdagi onborda turgan vaqtidagina buyurtmani bekor qilish mumkin. Bir narsani unutmang, buyurtmani qisman bekor qilish mumkin emas. Buyurtmani faqat to'liq bekor qilish mumkin.

Sotib olish shartlari qanday?

Sotib olish xizmatiga 12% komissiya olinadi, eng kam komissiya miqdori esa 3 dollar. Tovar haqi do'kon buyurtmani jo'natgandan so'ng to'lanadi. Oldindan to'lash 100% Puli to'langanidan so'ng buyurtmani o'zgartirib bo'lmaydi.

Buyurtma qancha vaqtda sotib olinadi?

Buyurtma olgandan so'ng u buyurtmani tez rasmiylashtirib elektorn pochtangizga xizmat haqi taxminan qancha bo'lishini yozib yuboradi. Tovar sotib olishga berilgan buyurtmani rasmiylashtirish va buyurtma bajarilishining hamma bosqichida u siz bergan elektron pochtaga xat jo'natib turadi. Xarid qilayotgan vaqtingizda sotib olish xizmatining mutasaxassis siz bilan ishlaydi va hamma savollringizga to'liq javob beradi.

Sotib olish xizmati nima? Buyurtma berish uchun nima qilishim kerak?

Bu xizmat AQSHdagi istalgan do'kondan, hatto O'zbekistonda chiqarilgan kartalarni olmaydigan va tovarni BoXette onboriga olib kelmaydigan do'konlardan ham tovar buyurtirish imkonini beradi. https://easyxpress.com.ua/vikup-tovarov saytidagi shaklni to'ldiring yoki +998 781 137 700 raqamiga telefon qilib biz bilan bog'laning. Sotib olish xizmatini hamkorimiz taklif qiladi.

Oldindan belgilab qo'yilgan manzil menga nimaga kerak?

Ba'zan jo'natmani vaqtida shaxisy xonada ro'yxatdan o'tkazishning iloji bo'lmaydi, shuning uchun jo'natma AQSHdagi onborga kelganda biz bu ishni o'zimizga olamiz. Bunday jo'natmalarning hammasi o'zingiz oldindan belgilab qo'ygan manzilga jo'natiladi.

Jo'natmalarimni biryo'la yetkazib berishga jo'natishlarini istasam nima qilishim kerak?

Agar jo'natmalaringiz kelishi bilan o'zingizga topshirilishini istasangiz, unda:

  1. Agar hammasini birlashtirish kerak bo'lmasa - shaxsiy xonada jo'natmani ro'yxatdan o'tkazganda "To'g'ri kuryerga"ni tanlang. Jo'natmalar AQSHdan yuborilishi bilan uning haqi chiqariladi va avia bilan olib borilayotganda buyurtma pulini to'lashingiz mumkin, agar jo'natma Toshkentga kelganda puli to'lanmagan bo'lsa avtomatik ravishda olganda to'lashga o'tkaziladi (faqat avia bilan olib kelganda).
  2. Agar hammasini birlashtirish kerak bo'lsa - shaxsiy xonada jo'natmani ro'yxatdan o'tkazganda "BoXette onboridan jo'natilsin"ni tanlang. O'zbekistonga kelishi bilan jo'natma taqsimlanadigan onbordan yuborilishini istasangiz Toshkentga kelishidan oldin haqini to'lang yoki olganda puli to'lanadigan qilib belgilab qo'ying.
Barcha jo'natmalarim kuryer orqali yetkazib berilishini xohlasam nima qilishim kerak?

Agar jo'natmalaringiz boshqa-boshqa kun olib ketilgan bo'lsa yoki hammasi bir kunda Toshkentga kelmaydi, deb o'ylayotgan bo'lsangiz, ya'ni ularni olib keladigan kuryerga ortiqcha xarajat qilishni istamasangiz "shaxsiy xonangizga onlayn kirib tanlangan tovar yetkaziladigan manzilga hamma jo'natmani olib boradigan xizmatimizdan foydalaning. Shunday qilsangiz saytda haqini to'lamaguncha kuryer jo'natmalaringizni olib bormaydi.

Avval tovarni o'zim olib ketishni tanlab, keyin yetkazib berishlarini xohlasam nima qilishim kerak?

"Boxette ofisidan olib ketiladi" deb belgilab qo'yganingizdan keyin, AQSHdan chiqqan jo'natma hali Ukrainaga yetib kelmasidan oldin, boradigan joyini "NPga yetkazish"ga ham o'zgartirishingiz mumkin. Agar jo'natma haqi to'langan bo'lsa u Mechnikovdagi onbordan to'g'ri ko'rsatilgan manzilga bo'radi. Bitta qoida esingizdan chiqmasin, agar NPga yetkazishni tanlagan bo'lsangiz uni keyin ofisdan o'zi olib ketishga o'zgartirib bo'lmaydi.

Agar menga yetkazib berish kerak bo'lmasa nima qilishim kerak?

Hotirjam bo'ling:) Istagan vaqtda, oldingidek, manzillar ro'yxati ichida "Boxette ofisidan o'zim olib ketaman" opsiyasini tanlashingiz mumkin, keyin manzil tanlab ovvora bo'lmaysiz. Jo'natmalaringizning hammasi Toshkentdagi ofisimizga keladigan bo'ladi. Olingan tovar har doim boradigan manzil qilib "Boxette ofisidan olib ketiladi" deb ham ko'rsatsangiz bo'ladi, shunda ro'yxatga olinmagan hamma jo'natmalaringiz Toshkentdagi ofisimizga keladigan bo'ladi.

Yetkazib berish manzili qanday tanlanadi?

Yangi jo'natmani ro'yxatdan o'tkazayotganda bu manzilni shaxsiy xonangizda yozib qo'yishingiz mumkin O'zingizga qulay manzil bitta yoki bittadan ko'p bo'lishi mumkin.

Yetkazib berish manzili nima?

O'zbekistonda jo'natmani o'zingizga qulay joyda olish uchun uning manzilini ko'rsating.

Jo'natma tavsifi nima va u qanday to'ldiriladi?

Ro'yxatga olinayotganda albatta jo'natma tavsifini yozish kerak, agar bu band to'ldirilmasa jo'natma ro'yxatga olinmaydi. Esingizda bo'lsin, siz buyurtirgan tovarning tavsifi INGLIZ TILIDA yoziladi va iloji boricha to'liq bo'lishi kerak (yan'i faqt Tufli yoki Kiyim deb yozilmaydi). To'liq tavsif yozish uchun tovar nomini ko'chirib olingda jo'natma tavsifi yoziladigan katak ichiga o'tkazib qo'ying. Masalan: Saucony Kineta Relay Athletic Shoes. Agar jo'natma ichidagi tovar bittadan ko'p bo'lsa ularni ro'yxat bilan yozing. Masalan: 1. Saucony Kinet Relay Athletic Shoes, 2. Converse Skate CTAS Pro Ox Skate Sneakers, yoki tovarning hammasi bir xil bo'lsa uni shunday yozing: Saucony Kinet Relay Athletic Shoes 2 pieces Siz sotib olgan tovar AQSH chegarasidan biror to'siqsiz o'tishi va O'zbekistonda bojxonasida to'xtab qolmasligi uchun bu qoidaga ALBALLA amal qiling.

"Jo'natmani tekshirish" xizmati nima?

Agar jo'natmaga bog'liq birorta savolingiz bo'lsa yoki nimanidir tekshirmoqchi, invoys bilan (agar bo'lsa) solishtirmoqchi bo'lsangiz "Jo'natmani tekshirish" xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Bu xizmatni tanlaganingizdan keyin xizmat haqida fikringiz yoziladigan satr paydo bo'ladi. Shu satrga aynan nimani tekshrimoqchi ekaningizni yozing. Jo'natmangiz AQSHdagi onborga kelib tushgandan keyin AQSHdagi xodimlarimiz savolingizga javob berishadi. Nima qilish kerakligini aytguningizcha jo'natma onborda turadi. Bu xizmat faqat trek raqami bor va jo'natma AQSHdagi onborga kelib tushishidan oldin trek raqami saytdagi shaxsiy xonangizda ro'yxatga olingan jo'natmalarga qo'llanadi.

"Jo'natma ichidagi tovar fotosurati" xizmati nima?

Agar jo'natma ichida nima borligini bilmoqchi bo'lsangiz yoki qutining, tovarning sifatini tekshirib ko'rmoqchi bolsangiz bu xizmat ayni sizga mos. "Jo'natma ichidagining fotosurati" xizmatini bossangiz AQSHdagi onborda ishlaydigan xodimimiz jo'natmangizning 3 ta suratini oladi va biz suratlarni sizga yuboramiz. Jo'natmani endi qayerga yuborish kerakligi haqida sizdan ko'rsatma olmaguncha u AQSHdagi onborda turadi. Esingizda bo'lsin, bu xizmat faqat trek raqami bor va jo'natma bizning onborga kelib tushishidan oldin trek raqami saytdagi shaxsiy xonangizda ro'yxatga olingan jo'natmalarga qo'llanadi.

Yetkazib berish narxi so'mda qanday hisoblanadi?

Yetkazib berish narxi so'mda qancha bo'lishi mijoz jo'natmani olish uchun ofisga kelganda yoki yetkazib berishga buyurtma qoldirganda hisoblanadi. Xullas, so'mdagi narx tizimda kurs o'zgarishiga qarab o'zgarib turadi. Ya'ni, so'mdagi narx bir kunning o'zida o'zgarishi mumkin. Yetkazib berishning dollardagi narxi esa o'zgarmaydi.

Yetkazib berish qaysi kurs bo'yicha hisoblanganini qanday bilish mumkin?

Yetkazib berish narxi so'mda bugun qaysi almashtirish kursi bilan hisoblanganini mijoz profili yoziladigan betda va "Balans" betida ko'rish mumkin. Esingizda bo'lsin, almashtirish kursi bir kuning o'zida o'zgarishi mumkin.

Manzilga yetkazib beriladigan yoki EMU bo'limiga keladigan qilib buyurtma berish uchun nima qilinadi?

Olib kelishga buyurtma berish uchun Shaxsiy xonangizga kirib "Toshkentda olingan" tugmasini bosasiz, u yerda hozir Toshkentda onborda bor va yetkazib berishga buyurtma bersa bo'ladigan hamma jo'natmalar ro'yxati chiqadi. Hamma jo'natmalarga buyurtma bersa bo'ladi yoki har bittasini alohida buyurtirish ham mumkin. Buning uchun har bitta jo'natmaning yoniga "yetkazib berilsin" tugmasi qo'yilgan, pastroqda esa "hammasi yetkazib berilsin" tugmasi ham bor.
Puli to'lanmagan jo'natmalar puli olganda to'lanadigan qilib jo'natiladi vja bu haqda alohida xabar olfsiz. Agar "hammasi jo'natilsin"ni tanlagan bo'lsangiz qaysi jo'natmalar yetkazilishi kerakligini tanlaysiz. Oldindan hamma jo'natmani yoborish belgilab qo'yilgan bo'ladi. Agar jo'natmalarning bir qismini boshqa manzilga yuborish kerak bo'lsa ularning yonidagi belgini olib tashlang. Bunday jo'natmalarni olbi borib berishga alohida buyurtma berasiz.
Shundan so'ng "bo'limga yetkazib beish" yoki "manziga yetkazib berish" dan bittaisini tanlaysiz. Ochilgan betda manzilni qo'shasiz (keyin uni topishingiz oson bo'lishi uchun shunday qilinadi) va kerakli ma'lumotni kok'rsating. Tovar yetkazib beriladigan bu manzil "Mening ma'lumotim" betida saqlanib qoladi. Keyinchalik bu manzilni ro'yxat ichidan tanlasangiz bo'ldi, qo'lda terib kiritish shart bo'lmaydi. Shundan so'ng "keyin" tugmasini bosing. Esingizda bo'lsin, siz yetkazib berishga buyurtma bergan jo'natmalarga "yetkazib berish buyurtirilgan" holati beriladi.

Jo'natma(lar) puli onlayn qanday to'lanadi?

Jo'natma haqini onlayn to'lash uchun shaxsiy xonangizga kiring - Jo'natmalar, Toshkentda olingan. So'ng "tolash" tugmasini bosib bitta jo'natma haqini to'lang. Yoki "Hammasiga to'lansin" tugmasini bosasiz, agar jo'natmalarning hammasi "Toshkentda olingan" holatida bo'lsa.
Shundan so'ng, qaysi opsiyani tanlaganingizga qarab keyingi qadam chiqadi va unda "Jo'natma haqini to'lash" yoki "Hammasiga to'lash" tugmasini bosasiz. Esingizda bo'lsin, to'lanadigan pul summasi balansingizda qancha pul borligiga qarab ko'rsatiladi.
Keyingi qadamda kartangiz rekvizitlarini kiritasiz va song 2 marta chiqillatsangiz jo'natmangizning puli to'langan bo'ladi.
"Toshkentda olingan" holatidagi jo'natmalaringiz pulini ham shunga o'xshatib to'lasysiz, ya'ni "Balans" betiga o'tasiz yoki bosh sahifada Shaxisy xonangizga kirasiz.

Jo'natmani o'chirib tashlasa bo'ladimi?

Jo'natmani AQSHdagi onborga olib borilmasidan oldin va holati "AQSHda olindi" deb o'zgarmasidan avval o'chirish mumkin.

Jo'natmani qancha vaqtgacha tahrir qilishim mumkin?

Jo'natma haqidagi ma'lumotni u O'zbekistonga yuborilishidan oldin ozgartirish mumkin. Esingizda bo'lsin, AQSHdan yetib kelgan bo'lsa jo'natma qayerdaligini ko'rsatadigan kodni o'zgartirib bo'lmaydi. Jo'natma O'zbekistonga yuborish uchun rasmiylashtirilganidan so'ng uning og'iriligi ham ko'rinadi.

Balansni to'ldirish uchun nima qilinadi?

Shaxsiy xonada balansni to'ldirish va keyin undan xizmatlarimiz haqini to'lash uchun "Balans" betiga o'ting va Balansni to'ldirish tugmasini bosing. Shundan so'ng AQSH dollarida summani kiriting va To'ldirish tugmasini bosing. Keyingi betda karta turi tanlanadi (VISA/MasterCard), karta egasining ismi va familiyasi yoziladi (lotin harflari bilan yozasiz), karta raqami, amal qiladigan muddati, CVV2 himoya kodi yoziladi va To'lash (Pay Now) tugmasi bosiladi. Bundan tashqari saytimizda ko'rsatilgan ilovalardan ham xizmat haqini to'lashingiz mumkin (PayMe, CLICK).

Qo'shimcha yetkazib berish manzili nimaga kerak?

Agar jo'natmangiz AQSHdan kelganidan so'ng uni O'bekistondagi kuryer kompaniya manziliga/bo'limiga buyurtirmoqchi bo'lsangiz bu ma'lumotni ko'rsatasiz, shunda har safar bunday ma'lumotni kiritish shart bo'lmaydi. "Manzilni yozing" satrida qisqacha manzil qayerdaligini yozing, masalan, Ishxona, Uy va hk. Bundan tashqari, kuryer tovarni yetkazib berish uchun zarur bo'ladigan hamma satrni to'ldiring.

Qo'shimcha jo'natma oluvchilar haqida nimalarni bilish kerak?

"Mening ma'lumotlarim" vkladkasidagi Qo'chimcha qabul qiluvchilar bo'limida kerakli maydonlarni to'ldirib, jo'natma oladigan boshqa odamlarni ko'rsatishingiz mumkin. "Qabul qilluvchini belgilang" maydonida uning qisqa nomini yozing, masalan, akam, opam va h.k. Esingizdan chiqmasin: - qabul qiluvchi HAQIQIY bo'lishi kerak, chunki bojxona ularning pasport nusxasini so'rashi mumkin; - Boxette saytida qo'shimcha oluvchining profili BO'LMASLIGI KERAK, yo'qsa, bojxona uning profilidagi jo'natmalar bilan sizning profilingizdagi jo'natmalarni birlashtirib boj olishi mumkin; - qabul qiluvchilarning ismlari va manzillari HAR XIL bo'lishi kerak. Agar manzil bir xil bo'lsa, bojxona bir nechta jo'natmani bitta qilib birlashtirib, so'ng tovarning umuniy narxiga qarab ulardan boj olishi mumkin (bir chorakdagi umumiy narxi 1000 AQSH dollaridan ko'p bo'lsa).

Asosiy ma'lumotni to'ldirish shartmi?

"Mening ma'lumotlarim" vkladkasidagi Asosiy bo'limida to'ldirish shart bo'lgan maydonlar bor, bunday maydonlar “*” tarzida belgilangan, bundan tashqari bojxona deklaratsiyasini ham to'ldirish kerak, chunki shunga qarab menejerlarimiz e-mail yoki telefonda siz bilan bog'lanishadi, ma'lumot berib turishadi, jo'natmangiz haqida nimanidir aniqlashtirishadi, maslahat berishadi.

Agar jo'natma trek raqamsiz yuborilgan bo'lsa nima qilish kerak?

Har qanday holatda sotuvchi jo'natma yuborilganini tasdiqlagandan so'ng jo'natmani bizning saytimizda ro'yxatdan o'tkazishingiz kerak. Bu jo'natmani kutayotganingizni bilishimiz uchun qilinadi. Omborga kelib tushganidan so'ng jo'natmaga uning qayerdaligini ko'rsatadigan kod taqiladi va shu kod bilan u AQSHdan O'zbekistonga jo'natiladi, bu haqda elektron pochtangizga xabar yuboriladi. Ko'pincha bunday jo'natma avtomatik ravishda O'zbekistonga jo'natiladigan qilib rasmiylashtiriladi.

AQSHda tovar sotib olgani uchun soliq to'lanadimi? (sales tax)

Bizning omborimiz soliq solinmaydigan shtatda joylashgani uchun savdo solig'i olinmaydi.

AQSH birlashtirish xizmati bormi?

Hozir har bitta jo'natma o'zining trek raqami bilan birinchi uchadigan reysda jo'natiladi, shuning uchun tovar egasiga juda tez yetib boradi. Shuning uchun jo'natmalarni bitta qilib birlashtirmaymiz, lekin optimallashtirish xizmati bor - jo'natmaning og'irligi kamroq bo'lishi uchun ortiqcha qutini olib tashlaymiz, biroq jo'natmaning o'zi butun va zararsiz keladi. DIQQAT! Brend nomi yozilgan qutini (masalan, poyabzal qutini) TASHLAMAYMIZ!

Buyurtma qilmoqchi bo'lgan tovarimning og'irligi taxminan qancha?
Tovar turi Og'irligi (erkaklarniki) Og'irligi (ayollarniki) Og'irligi (bolalarniki)
Ustki kiyim
Vetrovka 400-500 450 300-400
Plash 900-1300 850 450-800
Jun palto 1000-2000 1000-1500 500-800
Po'stin 3000-8000 1000-3000 800-2000
Mo'ynali nimcha 500
Parqu 900 850 500-700
Parqu nimcha 700-780 400-600 400-500
Charm kurtka 700 700 500
Yengil kurtka 700-1000 500-900 500-650
Ko'ylaklar
Yengli ko'ylaklar 350-400 320-390 250-370
Yengsiz ko'ylaklar 250-350 200-270 200-300
Ko'ylaklar
Uzun yengli, tizzagacha tushadigan ayollar ko'ylagi 480-600 250-400
Tizzadan baland yengi kalta ayollar ko'ylagi 350-520 200-300
Yengsiz 340-370 200-300
Sarafan 300-400 180
Yubka 300-400 200-400
Koftalar
Tolstovkalar 600 600 300
Hudi 700 700 350
Kamzul 800 500 300-400
Nimcha 450 200-300 200-300
Charm nimcha 500
Sviter 500-650 400-600 300-500
Shim
Brija 400 290 200
Leggins 200
Kapri 350-520
Shim 500 400 300
Jinsi 950 560 500
Charm 500 400
Shortik 350 250-300 150
Qishki issiq kiyim 800-1200 600-800
Top va futbolka
Yengli 350-450 300-400 200-300
Kalta yengli 220-350 200-300 150
Yengsiz 300 280 100
Uy kiyimi
Pijama 400 300 100-300
Хalat (paxtali) 500-700 400-500 200-400
Ich kiyim
Cho'milish kiyimi 200 200-400 150-250
Тrusik (shorti) 80-100
Тrusik (plavka) 80
Aksessuarlar
Charm hamyon 500
Hamyon (mato) 350
Qalpoq 250-400
Kepka 300
Shlyapa 250
Issiq sharf 460-620
Yengil sharf 150-230
Palantin 350
Charm perchatka 350-450
Kashtali perchatka 120
Qo'lqop 300
Charm kamar 300-400
Rezinka kamar 160
Bo'z kamar 200
Belga taqiladigan zanjir 500
Galstuk 200
Ko'zoynak 200
Soat 150-250
Paypoq 50-70
Sumkalar
Jomadon 4000-4500
Safarga 1200 (30х40) 1100 (20х40) 650-700 (20х30)
Кlatch 350
Ryukzak 950
Sohilga 400
Barsetka 300-800
Portfel 500-1000
Mobil telefon g'ilofi 50-100
Poyabzal
Shippak / Sandal 600 600 300-500
Botinka 600-900 600 370
Etik 1100 1200 500-800
Yarim etik 900
Rezina etik 800 700 390
Tabiiy uggi 900
Sun'iy uggi 600
Тufli 550 600-700 300
Platforma tufli 900
Кeda 600 500 300
Мokasin 600 650 400-550
Slantsi 350-400 350-400 200-350
Uy shippagi 750 600 150-300
Sport tovarlari
Sport kostyumi 700 500-600 400-600
Krossovka 600 400-500 350-500
Futbol to'pi 450-500
Tennis raketkasi 500-600 (2 dona)
Chaqaloqlar uchun tovarlar
Ishtoncha 100
Tugmasiz ko'ylak 100
Pesochnik, bodi 100
Коmbinezon (paxtali) 200
Коmbinezon (parqu) 600
Pinetka 150
Etikcha / Botinka 300
Elektronika
Тelefon (statsionar) 500-1000
Теlefon (mob.) 75-200
Quloqchin 100-400
iPad2 1000 (qutisi bilan va hk.)
Qattiq disk 500
Ona plata 1000
O'yin quti 1000
O'yin quti (cho'ntaki) 250 (qutisiz)
GPS-navigator 500
Sichqon 150-200
MP3-pleyer 150-300
Аvtomagnitola 1300
iPod 165 (qutisiz)
Diktofon 170 (qutisiz)
Elektron kitob 300 (qutisiz)
Noutbuk 3500
Netbuk 1500
Fotoapparat (oddiy) 200-400
Fotoapparat (professional) 850
Videokamera (portativ) 200-400
Videokamera (prof.) 1500-2500
DVD / HD-mediapleyer 300-2900
Uy tovarlari
Yostiq jild 200
Ro'molcha 20-30
Ko'rpa jild 500-650
Hammom sochig'i 500-600
Oddiy sochiq 200
Choyshab 400-500
Dasturxon 600-800
Adyol (tekstil) 1300
Etak 250
Foto ramka 250-400
Krujka 250
Yangi jo'natmani ro'yxatdan o'tkazish uchun nima qilish kerak?

AQSHdagi Internet do'kondan tovar buyurtma qilganingizdan so'ng do'kon sizga jo'natma qayerdaligini ko'rsatadigan raqam (Tracking number) yuboradi. Xat quyidagi ko'rinishda bo'ladi: Kuzatish kodi maydoniga sizga berilgan tracking code (fotoda qizil rangda belgilangan) kiritish kerak. E'tibor bering, bunday xat odatda buyurtma berganingizdan so'ng bir necha kun o'tib keladi. Yangi jo'natmani ro'yxatdan o'tkazish uchun "Jo'natmani ro'yxatga olish" tugmasini bosing: so'ng jo'natma haqidagi zarur ma'lumotni kiriting: E'tibor bering, agar jo'natma narxini bojxona limitidan oshirib ro'yxatdan o'tkazsangiz, saytning o'zidagi kalkulyator taxminan qancha boj to'lashingizni ko'rsatadi. Bundan tashqari, bo'sh katakni to'ldirish uchun nima qilish kerakligi haqidagi maslahat ko'rinishini yoqib qo'yishingiz yoki o'chirib qo'yishigiz mumkin.

Amerikadagi do'konlarda tovar qachon ancha arzon bo'ladi?

1-yanvar. Yangi yil sotuvlari. AQSHda asosiy bayram Yangi yil emas, Rojdestvo bo'lgani uchun Yangi yilda arzon sotish miqyosi Rojdestvodagidek katta bo'lmaydi. Do'konlar ikkinchi yanvardan tovar yetkazib berishni boshlashadi, shuning uchun bayram kunlari jo'natma bojxonada turib qolmaydi.
14-fevral Muqaddas Valentin kuni yoki Sevishganlar kuni. Bu bayramda hamma bir-biriga sevgi ramzi bo'lgan sovg'alar beradi: yurak ko'rinishidagi konfet, bezak, o'yinchoq sovg'a qiladi (sovg'a anonim bo'lishi ham mumkin), bundan tashqari, statistikaga ko'ra ko'pchilik amerikaliklar shu kuni juftlariga turmush qurishni taklif etishadi. Bu bayram bizning yurtda, Yevropa va Osiyoda ham nishonlanadi, lekin biror-bir davlatda AQSHdagidek mashhur emas. Bayram arafasi Amerikadagi do'konlar tovarlarini arzon sotadi, sevgi ramzi bo'lgan buyumlar, tilla taqinchoqlarning narxini tushiradi. Bundan tashqari, bayramdan ikki hafta oldin do'konlarda arzon narxda "erkaklar uchun va ayollar uchun" deb yozilgan tovarlarni sotib olish mumkin, bunday sovg'a krossovkadan tortib, nikoh uzugigacha bo'lishi mumkin. Masalan, ikkita sviterni bittasining narxida sotib olsa bo'ladi. Fevralning uchinchi dushanbasi. Prezidentlar kuni. Bu bayram oldin Jorj Vashingtonning tug'ilgan kuniga bag'ishlangan, shuning uchun faqat AQSHda nishonlanadi. Ko'p do'konlar bu kun qisqa muddatli tovar sotuvlarini yo'lga qo'yadi. Bunday do'konlar sirasiga birinchi navbatda vatanparvarlik mavzusidagi hamda "kantri" va "vestern" uslubidagi do'konlar kiradi, ya'ni o'sha kuni kovboy etigi yoki ko'ylagini ancha arzonga olsa bo'ladi.
17-mart. Muqaddas Patrik kuni. Bu bayram AQSHga Buyuk Britaniya va Irlandiyadan ko'chib kelgan birinchi yevropaliklar bilan kirib kelgan, ya'ni anchadan beri nishonlanadi. Muqaddas Patrik Irlandiyaga xristianlikni olib kelgan. Ko'p do'konlar bu bayram sharafiga turli tadbirlar o'tkazadi, tovar narxini tushirishadi. Bu kun zumrad rang va yashil buyumlarni ancha arzonga olsa bo'ladi, chunki yashil rang Muqaddas Patrik kunining ramzi sanaladi. Katolik Pasxa. G'arbda turli ranglarga bo'yalgan tuxumdan tashqari shu tuxumni olib keladigan quyon ham Pasxa ramzi hisoblanadi. Bu kun do'konlar diniy mavzudagi tovarlarni ancha arzon sotishadi. Biroq Pasxa anchadan beri dunyoviy bayramlar sirasiga kirgani uchun yegulik (shokolad pasxa quyoni) va bevosita bayramga biror aloqasi yo'q tovarlar ham arzon sotilishi mumkin. Mayning ikkinchi yakshanbasi. Onalar kuni, 8-martdan farqi - bu kun faqat onalar va homilador ayollar tabriklanadi. Bayram, asosan, oila davrasida nishonlanadi, farzandlar onalariga sovg'a berishadi. Do'konlar bu kun turli tadbirlar o'tkazadi, ayollar tovarlarini arzonga sotishadi, ya'ni sovg'alardan tashqari kiyim, pardoz buyumlari ba taqinchoqlar ham arzon sotiladi. Onalar kuni. Bu bayram ham oilada nishonlanadi, farzandlari bor erkaklar tabriklanadi. AQSHda 1966-yildan beri bayram qilinadi. Bu kun do'konlar erkaklar uchun tovarlarni ancha arzonga sotadi, turli tadbirlar o'tkazadi.
4-iyul. Mustaqillik kuni. 1776-yilning shu sanasida Mustaqillik deklaratsiyasi imzolangan va u AQSHdagi eng katta vatanparvarlik bayrami hisoblanadi. Amerikadagi ko'p do'konlar bu kun ma'lum tovarlarni arzon sotishadi yoki 1-2 kun hamma tovarlar narxini tushiradi. Sentabrning birinchi dushanbasi. Mehnat kuni. AQSHda 1880-yildan beri nishonlanadi. Bu kun ko'chalarda ishchilar birdamligiga bag'ishlangan yurishlar o'tkaziladi. Bu kuni yana yoz tugagani ham norasmiy bayram qilinadi, bayram kuni odamlar tabiatga chiqishadi (agar havo ochiq bo'lsa), ya'ni, 4-iyuldagidek nishonlanadi. Shuning uchun bu bayramda dalaga chiqib dam olishga kerak bo'ladigan tovarlarni arzonga olish mumkin. Ko'plab dokonlarda yozgi buyumlarning arzonlashtirilgan katta savdosi o'tkazilib, yoz tugashi nishonlanadi.
31-oktabr. Hellouin. Barcha valiylar kuni arafasi. Bu bayram qadimda nishonlangan ma'jusiylik odatidan boshlangan, shuning uchun boshqa ma'jusiy bayramlariga o'xshab juda quvnoq o'tadi. Bolalar bu kun qo'rqinchli mavjudotlarga o'xshab kiyinib uyma-uy konfet so'rab yurishadi. Kattalar ham niqob taqib, qo'rqinchli kiyim kiyib bayram uyushtirishadi. Bu bayram juda qiziq bo'lgani uchun faqat AQSHda emas, bizda ham bayram nishonlanadi. Hellouindan oldin asosan yoshlarga oid do'konlar narxni tushiradi va bayramdan 2 hafta oldin karnaval kiyimini yarim narxiga sotib olsa bo'ladi. Boshqa do'konlar ham hamma tovarlar yoki faqat ma'lum tovarlarining narxiini tushirib sotishadi. Noyabrning to'rtinchi jumasi. Qora juma. Minnatdorlik kunidan keyingi birinchi juma. Bu kun movlid munosabati bilan boshlangan arzon narxda sotish 25-dekabrgacha davom etadi. Bu kun rasmiy bayram bo'lmasa-da, ko'pchilik ishga bormaydi. Shuning uchun ham bu kun hamma do'konlar tovarlarini iloji boricha arzon narxda sotadi. Kiber dushanba Qora jumadan keyin keladi. Ofisda ishlaydiganlar ishxonalariga kelib movlid bayramiga onlayn xarid qilishni boshlashadi. Bu kun hamma onlayn do'konlar tovarlarini yildagi eng arzon narx bilan sotishadi.
25-dekabr. Movlid. Movlidda qarindoshlarga sovg'a berish odat bo'lgani uchun (bizda Yangi yilda sovg'a berilgani kabi) movliddan oldin hamma do'konlar hamma tovarlarini yildagi eng arzon narx bilan sotishadi. Lekin bir narsani esingizdan chiqarmang, yaxshi sovg'ani faqat sotish boshlanganda olish mumkin, Movlid yaqinlashgani sari kerakli o'lcham yoki fasonni topish qiyin bo'ladi. Bundan tashqari, bu vaqtda tovarni ishlash vaqti ancha sekinlashadi, pochtaning ishi ko'payib ketadi (faqat AQSHda emas, butun dunyoda shunday bo'ladi), shuning uchun movlid kunlari sotib olingan tovar sekinroq keladi.

Jo'natmam hozir qayerdaligini qanday bilishim mumkin?

Sizga do'kon pochtasi (sotuvchi) tomonidan yuboriladigan trekking kodi bo'yicha istalgan vaqtda jo'natmangiz hozir qayerdaligini bilishingiz mumkin. Jo'natmangizni www.packagetrackr.com saytida, yuk tashuvchining rasmiy saytida yoki Internet do'kon saytida kuzatib borishingiz mumkin. Yangi jo'natmani ro'yxatdan o'tkazganingizdan so'ng e-mail xabar olib turasiz, jo'natma Toshkentga kelganidan so'ng esa bizdan jo'natmangiz turgan manzil haqida SMS olasiz. Bundan tashqari, saytimizdagi profilda jo'natmaning holati o'zgaradi. Biz tomondan biror kechikish bo'lsa, biz bilan bo'glanishingiz mumkin va buyurtmangizning hozirgi holatini bilib beramiz.

Jo'natmaning eng kam va eng ko'p og'irligi qancha bo'lishi kerak?

Jo'natmaning eng kam og'irligi cheklanmagan. Istagan tovarni buyurtma qilishingiz mumkin. Avia orqali yetkaziladigan tovarning hisoblanadigan eng kam og'irligi - 300 gramm. Ya'ni, og'irligi bundan kam hamma tovar 300 gramm deb olinadi. Bundan og'ir hamma tovar bir kilogrammi $12 tarif bilan hisoblanadi.

  • Avia orqali yetkazishning eng kam qiymati - $3.60.
  • Avia bilan yuborish mumkin bo'lgan jo'natmaning (bitta joyning!) eng ko'p og'irligi - 30 kg (66 funt). Avia orqali jo'natiladigan bitta jo'natmaning ruxsat etilgan oxirgi uzunligi 1,5 metrgacha. Belgilangan o'lchamlardan oshadigan jo'natmalar O'zbekistonga tijorat yuki sifatida jo'natilishi mumkin. Jo'natish shartlari va tariflari oldindan kelishib olinadi.
  • O'zimga yana bitta qabul qiluvchi manzilini qo'shishim mumkinmi yoki to'g'ri boshqa qabul qiluvchiga (do'stimga, qarindoshimga va h.k.) jo'natishim mumkinmi?

    Ha. Qancha xohlasangiz shuncha qabul qiluvchi manzilini qo'shishingiz mumkin. Buni Profilingizdagi qabul qiluvchilar ichki menyusida amalga oshirish mumkin. Buning uchun "Manzil qo'shish" bandini tanlang va undagi hamma bo'sh joylarni to'ldiring.
    Jo'natma ro'yxatga olinganda qaysi manzilni asosiy deb ko'rsatgan bo'lsangiz, AQSHdan olingan tovar O'zbekistonda o'sha manzilga yetkaziladi. Faqat bir qoida yodingizdan chiqmasin, agar qabul qiluvchi sifatida boshqa odam ko'rsatilgan bo'lsa, qabul qiluvchi haqidagi ma'lumotda sizning emas, o'sha odamning pasport raqami bilan telefon raqami ko'rsatilishi kerak. Bundan tashqari, agar yetkazib berish haqi oldindan to'lanmagan bo'lsa, tovar yetkazib berilganda qabul qiluvchi uning haqini to'lashi kerak bo'ladi.

    Katalogda yo'q onlayn do'kondan buyurtma qilishim mumkinmi?

    Mumkin! Siz Amerikadagi yoki dunyodagi istalgan Internet do'konni tanlashingiz mumkin. Siz sotib olgan tovarni siz aytgan joyga yetkazib berishimiz uchun uning haqini to'lashga imkoningiz bo'lishi kerak, shu bilan birga do'kon ham tovarni omborimiz manziliga yetkazib berishi kerak. Bu masalada ekspertlarimizdan kichik bir tavsiya: agar yangi do'konda tovar olmoqchi bo'lsangiz, lekin hammasi silliq kechishiga shubhangiz bo'lsa, biz bilan bog'laning, hamma savolingizga javob beramiz.

    Agar jo'natmam yo'qolgan bo'lsa nima qilish kerak?

    Agar jo'natmangiz yo'qolgan bo'lsa, u qachon va qanday qilib yo'qolganini bilish uchun qo'limizdan kelgan hamma ishni qilamiz. Agar jo'natma bizning aybimiz bilan yo'qolgan bo'lsa va siz "Kafolatli xizmat"ni tanlagan bo'lsangiz, tovarning deklaratsiyada ko'rsatilgan to'liq qiymatini qaytarib beramiz. Kafolatli xizmat haqi tovar narxining 2,99%ini tashkil etadi. Bunday hollar kamdan-kam kuzatilgani bilan, biz sizga "Kafolatli xizmat" haqini oldindan buyurtma qilishni maslahat beramiz. Bundan tashqari, hamma jo'natmalar 60 dollargacha bepul sug'urta qilinadi.

    AQSHdan nimalarni buyurtma qilish taqiqlangan? - Taqiqlangan buyumlar ro'yxati!

    Quyida avia qadoqda jo'natish taqiqlangan buyumlar ro'yxati keltirilgan. Ushbu ro'yxatdagi buyumlardan birortasini avia orqali jo'natishga urinish jinoiy javobgarlikka, jarima to'lashga va hatto qamoq jazosiga ham olib kelishi mumkin.

    • O'tkir va tig'li buyumlar, barcha turdagi pichoqlar, shu jumladan: multi asboblar; oshxona asboblari; boltalar, kichik sayyohlik boltalari.
    • Qurol va o'q; mo'ljalga olgichlar; qurol tiraladigan uchoyoqlar / podstavkalar; peyntbol qurollari va qo'shimcha qismlari; qurolning ajratib olinadigan qismlari; paralitik suyuqlik solingan ballonchalar; arbaletlar, kamonlar, shu jumladan, sport kamonlari.
    • Portlaydigan moddalar, pirotexnika.
    • O't o'chirgichlar, zirxli nimchalar va kaskalar.
    • Radioaktiv moddalar.
    • Neft mahsuloti, moy, suyuqlik bor avtomobil ehtiyot qismlari.
    • Tez yonadigan yoki agressiv suyuqliklar.
    • Tirik yoki tirik bo'lmagan jonivorlar, urug', o'simlik ko'chatlari, ma'dan tosh namunalari.
    • Qimmatbaho metallar / toshlar.
    • Pul yoki aksiyalar, obligatsiyalar, pul cheklari, qadimiy buyumlar (suratlar, tangalar va h.k.).
    • Hujjatlar: xatlar, qimmatli qog'ozlar; pasportlar; tug'ilganlik guvohnomalari.
    • Nashr qilingan buyumlar (jurnallar, kitobchalar, reklama bukletlari va h.k.).
    • Tibbiy jihozlar.
    • Tamaki va tamaki mahsuloti / unga qo'shimchalar: chilimlar; veyplar; elektron sigaretalar.
    • Narkotik moddalar.
    • Spirtli ichimliklar.
    • Bir joydan boshqa joyga olib borish uchun harorat tartibiga amal qilinishi kerak bo'lgan tez buziladigan tovarlar.
    • Pornografiya materiallari.
    • AQSH qonunlariga ko'ra eksport qilish uchun litsenziya talab qilinadigan barcha tovarlar.
    • Harbiy maqsadga mo'ljallangan har qanday tovarlar.
    • Maxfiy eshitish vositalari, signal bosuvchilar va ikki xil maqsadda ishlatiladigan boshqa tovarlar.
    • Elektr transport va uning butlovchi qismlari: elektr samokatlar; skuterlar; sigveylar, dronlar.
    • Jonivorlar ozuqasi.
    • Yaroqlilik muddati o'tib ketgan hamma tovarlar.
    • O'zbekiston qonunchiligi va Bojxona kodeksiga ko'ra yetkazib berish taqiqlangan tovarlar. Avia orqali tashish taqiqlangan lekin dengiz orqali yetkazib berishga ruxsat etilgan tovarlar.
    • Agar avvalgi ro'yxatda taqiqlanmagan bo'lsa, og'irligi 30 kg.dan oshadigan tovarlar.
    • Diplomatik jo'natmalar.
    • Atirlar / namunalar, aerozollar, dozator qo'yilgan vositalar, mistlar.
    • Akkumulyatorlar, litiyli batareyalar, poverbanklar.
    • Qutqarish nimchalari, avtomobil xavfsizlik yostiqlari.
    • Amortizatorlar.
    • O'yuvchi va tez yonuvchan moddalar (bo'yoqlar, yelimlar, kimyoviy moddalar, tez yonadigan mumlar, suyultirgichlar, suyuqlik, siqilgan havo, tarkibida har qanday turdagi gaz bor mahsulot, spirt turlari, kislotalar, laklar). digikey.com, mouser.com do'konlarida sotiladigan tovarlar va Raspberry Pi mikrokompyuterlarini yetkazib berish oldindan kelishib olinishi kerak. Bu turdagi tovarlarni jo'natish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi: invoys va to'lov o'tgani haqidagi bank ko'chirmasi, pasport nusxasi, bank kartasi fotosurati va tovar shaxsiy maqsadda foydalanishi haqida erkin yozilgan ariza. Agar siz istagan tovar taqiqlangan tovarlar ro'yxatida bo'lmasa lekin biror shubhangiz bo'lsa, sotib olishdan oldin maslahat olish uchun bizga murojaat qiling. Biz bajonudil sizga yordam beramiz va istagan savolingizga to'liq javob olasiz.
    AQSHdan nima buyurtma qilishim mumkin?

    Bolalar o'yinchog'idan tortib avtomobil ehtiyot qismigacha, taqiqlangan buyumlar ro'yxatida bo'lmagan hamma narsa. Agar tovarni AQSHdan O'zbekistonga yetkazish mumkinligiga shubha qilayotgan bo'lsangiz, iltimos, menejerlarimiz bilan bog'laning, hamma savolingizga javob beramiz.

    Задать вопрос