eBayda sotib olingan tovarlar haqi qanday to'lanadi? Mantiqan qaraganda buning uchun internetda sotib olingan tovar haqini to'lash imkonini beradigan plastik yoki virtual kartangiz bo'lishi kerak. Agar shunday kartangiz bo'lsa ishning yarmi bitgan hisobalanadi. Agar kartangiz O'zbekistondagi bankda berilgan bo'lsa eBayda olingan buyum haqini to'lashingiz mumkin. eBayda olingan buyum haqini PayPal bilan to'lash Bu usulning nimasi yaxshi? Yaxshi tomoni, siz haqingizdagi ma'lumotni ko'rsatmaydi. Xavfsizlik tizimi doim yangilanib turadi, xizmat bildiruv jo'natib foydalanuvchilarni bundan xabardor qiladi. Kartani ulash uchun oldin kartadan internetda xarid qilish ta'qiqi olinadi, so'ng, agar bankning shunday imkoniyati bo'lsa, sms olish va internet bankingga ulanish kerak. Bu usulning bitta yomon tomoni - so'mning dollarga kursini o'zi qanday "ko'rsa" shunday qo'yadi, shuning uchun so'mning karta bilan to'lasangiz bir dollarga bir necha so'mning qo'shib qo'yishi mumkin. eBayda olingan buyum haqini to'g'ri plastik yoki virtual karta bilan to'lash. Kurs bankingizdagi kursdan bir oz farq qiladi, lekin uncha ko'p bo'lmaydi. Bir qaraganda bu usul bilan to'lash oson ko'ringani bilan bir ikkita kamchiligi ham bor. Birinchidan sotuvchiga karta haqidagi ma'lumotni berasiz. Lekin agar sotuvchi huquqiy shaxs, ko'pchilikdan yaxshi fikr olgan brend bo'lsa buni o'ylamasa ham bo'ladi. Ko'pchilik sotuvchilar PayPal bilan ishlashni afzal ko'rishadi va buni do'kon va tovar haqidagi ma'lumotda yozishadi. Shuning uchun, bunday sotuvchidan nimadir olmoqchi bo'lsangiz PayPalga ulanishingiz kerak bo'ladi. To'lash usuli kamligi odamga yoqmaydi, albatta, lekin kam bo'lsa ham tanlash mumkinligiga shukur qilamiz. eBayda sotib olingan tovar puli qanday to'lanishi haqidagi maslahatlarimiz foydali bo'ldi, deb umid qilamiz.