AQSHdan nimalarni buyurtma qilish taqiqlangan? - Taqiqlangan buyumlar ro'yxati!
Quyida avia qadoqda jo'natish taqiqlangan buyumlar ro'yxati keltirilgan. Ushbu ro'yxatdagi buyumlardan birortasini avia orqali jo'natishga urinish jinoiy javobgarlikka, jarima to'lashga va hatto qamoq jazosiga ham olib kelishi mumkin.
- O'tkir va tig'li buyumlar, barcha turdagi pichoqlar, shu jumladan: multi asboblar; oshxona asboblari; boltalar, kichik sayyohlik boltalari.
- Qurol va o'q; mo'ljalga olgichlar; qurol tiraladigan uchoyoqlar / podstavkalar; peyntbol qurollari va qo'shimcha qismlari; qurolning ajratib olinadigan qismlari; paralitik suyuqlik solingan ballonchalar; arbaletlar, kamonlar, shu jumladan, sport kamonlari.
- Portlaydigan moddalar, pirotexnika.
- O't o'chirgichlar, zirxli nimchalar va kaskalar.
- Radioaktiv moddalar.
- Neft mahsuloti, moy, suyuqlik bor avtomobil ehtiyot qismlari.
- Tez yonadigan yoki agressiv suyuqliklar.
- Tirik yoki tirik bo'lmagan jonivorlar, urug', o'simlik ko'chatlari, ma'dan tosh namunalari.
- Qimmatbaho metallar / toshlar.
- Pul yoki aksiyalar, obligatsiyalar, pul cheklari, qadimiy buyumlar (suratlar, tangalar va h.k.).
- Hujjatlar: xatlar, qimmatli qog'ozlar; pasportlar; tug'ilganlik guvohnomalari.
- Nashr qilingan buyumlar (jurnallar, kitobchalar, reklama bukletlari va h.k.).
- Tibbiy jihozlar.
- Tamaki va tamaki mahsuloti / unga qo'shimchalar: chilimlar; veyplar; elektron sigaretalar.
- Narkotik moddalar.
- Spirtli ichimliklar.
- Bir joydan boshqa joyga olib borish uchun harorat tartibiga amal qilinishi kerak bo'lgan tez buziladigan tovarlar.
- Pornografiya materiallari.
- AQSH qonunlariga ko'ra eksport qilish uchun litsenziya talab qilinadigan barcha tovarlar.
- Harbiy maqsadga mo'ljallangan har qanday tovarlar.
- Maxfiy eshitish vositalari, signal bosuvchilar va ikki xil maqsadda ishlatiladigan boshqa tovarlar.
- Elektr transport va uning butlovchi qismlari: elektr samokatlar; skuterlar; sigveylar, dronlar.
- Jonivorlar ozuqasi.
- Yaroqlilik muddati o'tib ketgan hamma tovarlar.
- O'zbekiston qonunchiligi va Bojxona kodeksiga ko'ra yetkazib berish taqiqlangan tovarlar. Avia orqali tashish taqiqlangan lekin dengiz orqali yetkazib berishga ruxsat etilgan tovarlar.
- Agar avvalgi ro'yxatda taqiqlanmagan bo'lsa, og'irligi 30 kg.dan oshadigan tovarlar.
- Diplomatik jo'natmalar.
- Atirlar / namunalar, aerozollar, dozator qo'yilgan vositalar, mistlar.
- Akkumulyatorlar, litiyli batareyalar, poverbanklar.
- Qutqarish nimchalari, avtomobil xavfsizlik yostiqlari.
- Amortizatorlar.
- O'yuvchi va tez yonuvchan moddalar (bo'yoqlar, yelimlar, kimyoviy moddalar, tez yonadigan mumlar, suyultirgichlar, suyuqlik, siqilgan havo, tarkibida har qanday turdagi gaz bor mahsulot, spirt turlari, kislotalar, laklar). digikey.com, mouser.com do'konlarida sotiladigan tovarlar va Raspberry Pi mikrokompyuterlarini yetkazib berish oldindan kelishib olinishi kerak. Bu turdagi tovarlarni jo'natish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi: invoys va to'lov o'tgani haqidagi bank ko'chirmasi, pasport nusxasi, bank kartasi fotosurati va tovar shaxsiy maqsadda foydalanishi haqida erkin yozilgan ariza. Agar siz istagan tovar taqiqlangan tovarlar ro'yxatida bo'lmasa lekin biror shubhangiz bo'lsa, sotib olishdan oldin maslahat olish uchun bizga murojaat qiling. Biz bajonudil sizga yordam beramiz va istagan savolingizga to'liq javob olasiz.